Marshal Do‘stumning Afg‘onistondan qochib ketganidan keyingi ilk surati paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda marshal Do‘stumning mamlakatni tark etganidan keyingi ilk surati paydo bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Marshal Do‘stumning Afg‘onistondan qochib ketganidan keyingi ilk surati paydo bo‘ldi.
Uni hozirda qarshilik ko‘rsatish Oliy Kengashiga marshal Do‘stum bilan birga qo‘shilgan, hazoralar jamiyati yetakchisi Muhammad Mohakek o‘z sahifasida joylashtirdi.
Surat Anqarada olingani taxmin qilinmoqda.
“Marshal Do‘stum oxirgi marta Mozori Sharifdan O‘zbekistonga, u yerdan esa Turkiyaga qochib ketishi, o‘z saroyining hashamati bilan “mashhur” bo‘ldi”, - deb yozilgan Sputnik Afg‘oniston xabarida.