Ekspert: 2022-yilda Rossiyaga migrantlar oqimi ko‘payadi

2022 yilda qonunchilikdagi o‘zgarishlar va MDH davlatlaridagi iqtisodiy vaziyat tufayli Rossiyaga migrantlar oqimining ko‘payishi kutilmoqda - Yuriy Jdanov.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. 2022-yilda qonunchilikdagi o‘zgarishlar va MDH davlatlaridagi iqtisodiy vaziyat tufayli Rossiyaga migrantlar oqimining ko‘payishi kutilmoqda, deb aytdi Xalqaro politsiya assotsiatsiyasi Rossiya bo‘limi rahbari Yuriy Jdanov.
"Albatta, 2022-yilda migratsiya oqimining o‘sishi kuzatiladi. Bu jarayonga 29-dekabrdan kuchga kirgan migratsiya qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatadi: chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish va nazorati qilishdagi qulayliklar, barmoq izlarini qayd etish va suratga olish”, - dedi Jdanov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sharoitda va shu oy dinamikasini hisobga olgan holda, 2022-yilda migratsiya o‘sishi o‘rtacha uchdan bir qismga, ya’ni yiliga 14-15 million kishiga oshishini kutish kerak.
“Chunki MDH fuqarolari va iqtisodiy infratuzilmasi kam rivojlangan boshqa mintaqalardan kelgan migrantlar uchun Rossiyada ishlash ularning oilalari uchun minimal turmush darajasini ta’minlashning maqbul yechimidir”, — dedi u.
Siz uchun mavzuga doir qiziqarli materiallar:
Migrantlarning maoshi: so‘rov natijalari>>
Migratsiya siyosati bo‘yicha qator yig‘ilishlar o‘tkaziladi>>
Rossiya qurilish maydonlarida migrantlardan voz kechish qo‘llab-quvvatlanmadi>>