Xotinini vahshiylarcha o‘ldirgan mast erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryoda xotinini vahshiylarcha o‘ldirgan mast erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sputnik
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Qashqadaryo viloyati prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil 21-oktabr kuni Yakkabog‘ tumani, “Uyg‘ur” mahallasida yashovchi fuqaro U.E. mast holatda turmush o‘rtog‘i G.X. bilan o‘zaro janjallashib, uni bir necha bor urib, tan jarohati yetkazganligi oqibatda G.X. vafot etgan.
Holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Ayblanuvchi shaxsga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov olib borilmoqda.