TOShKENT, 21 dek – Sputnik. Rossiyadagi mehnat migrantlariga patentlarni chipli karta ko‘rinishida berish boshlanadi. Unda bunday karta egasi yuzining elektron tasviri va barmoq izlari bo‘lishi kerak. Tegishli farmonga Rosssiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev imzo chekdi.
Kartaning old tomoni 8,5 sm ga 5,3 sm o‘lchamda bo‘ladi, unda surat, patent seriyasi va raqami, egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi hamda Rossiyaga ishlash uchun kelgan chet el fuqarosining fuqaroligi, pasport seriyasi va raqami, kasbi kabi ma’lumotlar joylashtiriladi.
Orqa tomonda migrant yashaydigan va ishlaydigan Rossiya hududi, shuningdek, patent egasining biometrik ma’lumotlari va u haqdagi boshqa ma’lumotlarga ega chip bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-yanvardan Moskva va Moskva viloyatida patent to‘lovi 5 341 rubldan 5 900 rublgacha qimmatlashadi.
Mavzuga oid:
Migrantlarga beriladigan ID-kartalarda qanday ma’lumotlar saqlanadi
2022 yildan patent narxi ko‘tariladi
Yangi yildan migratsiya sohasida qator o‘zgarishlar kuchga kiradi - tafsilotlar