TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Bundan roppa-rosa 30-yil avval 21-dekabr kuni Olmaotada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. Hujjat Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini tashkil etdi.
“1991 yil 21-dekabrda Olmaota shahrida birinchi prezident Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan MDH tamoyillari va maqsadlarini tasdiqlovchi deklaratsiya imzolandi. 30-yil davomida MDH jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan nufuzli mintaqaviy tashkilotga aylandi. Qozog‘iston MDHni qo‘llab-quvvatlaydi va uning ishida faol ishtirok etadi”, — deb yozdi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Twitterda.
1991 yil 8-dekabrda Belarus, Rossiya va Ukraina rahbarlari MDHni tashkil etish to‘g‘risida bitimni imzoladi.
1993 yil dekabr oyida Gruziya MDHga qo‘shildi.