TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Agar NATO infratuzilmasi Ukrainada paydo bo‘lsa, raketalarning parvoz vaqti 7-10 daqiqaga, gipertovushli esa 5 daqiqagacha qisqaradi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Agar bu infratuzilma oldinga harakat qilishni davom etsa, AQSh va NATOning raketa tizimlari Ukrainada paydo bo‘lsa, ularning Moskvaga parvoz vaqti 7-10 daqiqaga, gipertovushli qurollar joylashtirilsa - 5 daqiqagacha qisqaradi”, - dedi Putin Mudofaa vazirligi hay’ati yig‘ilishida.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya uchun jiddiy muammo.