TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya migratsiya qonunchiligini qayta ko‘rib chiqish kerak, vazirliklarning pozitsiyalari sezilarli darajada bir-biridan farq qiladi, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.
"Ekspertlarning fikriga ko‘ra, migratsiya qonunchiligini uning huquqiy va texnik tuzilishiga yangi yondashuvlar asosida qayta ko‘rib chiqish zarur. Bu murakkab vazifa, juda xilma-xil meyoriy-huquqiy hujjatlar. Bo‘lib o‘tgan muhokama shuni ko‘rsatdiki, bu masala bo‘yicha vazirliklar o‘rtasida pozitsiyalar sezilarli darajada farqlanadi" - dedi Medvedev.
Prezident topshirig‘iga asosan migratsiya siyosati masalalari, jumladan, migratsiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkaziladi.