TOShKENT, 21 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoyishi bilan Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Farrux Omonov prezident administratsiyasi sho‘’ba mudiri etib tayinlandi.
Omonov 1988-yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisidir.
U 2019-yil dekabridan 2020-yilning noyabriga qadar Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, xalqaro hamkorlik va loyihalar kompleksi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2011—2015 yillarda Moliya vazirligida, 2015—2019 yillarda Savdo-sanoat palatasida ham mehnat qilgan.