Rossiyada yana bir COVID-19 ga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlariga ruxsat berildi

Rossiya SSV burunga sepiladigan (sprey) ko‘rinishidagi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlarini o‘tkazishga ruxsat berdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi “Generium” kompaniyasiga burunga sepiladigan (sprey) ko‘rinishidagi GNR-099 koronavirusga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlarini o‘tkazishga ruxsat berdi. Bundan dori vositalarining davlat reyestri ma’lumotlari darak bermoqda.
Tadqiqotda 1320 nafar ko‘ngilli ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda. Tadqiqotlarni 2023-yil 31-dekabrida yakunlash rejalashtirilmoqda.
Tadqiqot davomida vaksinaning immunogenligi va xavfsizligi “Gam-Kovid-Vak” preparatining ko‘rsatgichlari bilan taqqoslanadi.
Mavzuga oid:
Ginsburg koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaksina xavfsizligiga baho berdi
“Sputnik Layt” va burunga sepiladigan vaksinani bir vaqtning o‘zida olish mumkinmi
Putin koronavirusga qarshi yangi vaksina sinovlarida ishtirok etadi