TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Ekstremizm Rossiya birdamligiga tahdid soladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat xavfsizlik organlari xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llagan video tabrigida ma’lum qildi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat fuqarolari organ xodimlaridan ekstremizmga qarshi kurashda ham muvaffaqiyatlarni kutishadi.
“Bu Rossiya hamjihatligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid. Ksenofobiya, ijtimoiy va diniy adovatning har qanday ko‘rinishining oldini qat’iyan olish, odamlarning, ayniqsa, yoshlarning noqonuniy davlatga qarshi faoliyatga jalb qilinishiga yo‘q qo‘ymaslik zarur”, - dedi Putin.
“Zvezda” telekanali saytida e’lon qilingan videoda Rossiya rahbari 2021-yilning 11 oyi davomida mamlakatda terrorchilikka oid 61 ta, jumladan, 32 ta teraktning oldi olinganini ma’lum qildi. 11-yil mobaynida esa shunga o‘xshash 200 dan ziyod fojianing oldi olingan.
Mavzuga oid:
Rossiya FXX 3 nafar Ukraina maxsus xizmat josusini qo‘lga oldi
FXX Moskvada ID* tarafdori-talabani qo‘lga oldi
Murmansk viloyatida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan ID* tarafdorlarini yo‘q qilindi