TOShKENT, 20 dek – Sputnik. 21-22 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
21 dekabr kuni respublika hududlari bo‘yicha shamol kuchayishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kuchli shamollar kutilmaydi.
21-22 dekabr kunlari respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli bo‘lishi mumkin.