Tumenda migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanadi

Mehnat migrantlariga viloyat hududida jamoat transporti, shahar atrofida yo‘lovchi tashish sohalarida faoliyat yuritish taqiqlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Rossiyaning Tumen viloyatida 2022-yildan patent bilan ishlayotgan chet elliklarga jamoat transporti va taksi xizmatida ishlash taqiqlanadi.
Region gubernatori Aleksandr Moor tegishli farmonni imzoladi.
Mehnat migrantlariga viloyat hududida jamoat transporti, shahar atrofida yo‘lovchi va yuk tashish sohalarida faoliyat yuritish taqiqlanadi.
Rossiya 2022-yilda migrantlardan voz kechadimi?
Avvalroq Xanti-Mansiy avtonom okrugi shunga o‘xshash qarorni qabul qilgan edi.
Rossiyaning “Chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risidagi” qonuniga binoan mintaqa hukumatlari har yili patent bilan ishlayotgan migrantlarning ayrim faoliyat turiga jalb qilishni taqiqlashi mumkin.
Rossiyada sudlanganligi bo‘lgan haydovchilarga taksida ishlash taqiqlanishi mumkin