TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Nukusda alkotester o‘rniga bosh kiyimidan foydalangan YPX xodimiga qattiq hayfsan berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXB) matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, xizmati mobaynida tegishli nizom va ichki ishlar vazirining ayrim meyoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB YPX inspektori Z.Madetovga nisbatan qattiq hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
Avvalroq Nukusda alkotester o‘rniga bosh kiyimidan foydalangan YPX xodimi aks etgan video tarqalgan edi. Video yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan edi.