TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Hukumat qarori bilan Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" telegram kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
homiylik xayriyalari;
prezident yoki hukumat qarorlariga muvofiq ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari;
taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mablag‘lar ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar sotib olish orqali markaz kitob fondini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot uchun grant ajratishga sarflanadi.
Shuningdek, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilishga sarflanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2017-yildagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston Islom madaniyati markazi tashkil etildi. Keyinroq shu yilning o‘zida davlat rahbari uning nomini Islom sivilizatsiyasi markaziga o‘zgartirishni taklif qildi.
Mavzuga oid:
Islom sivilizatsiyasi markazi italyan billurlari bilan bezatiladi
Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazini mutlaqo yangi dizaynda qurishni buyurdi