TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Noyabr oyidan buyon Rossiya Afg‘onistonga 100 tonnadan ortiq insonparvarlik yordam yetkazib berdi, jumladan dori-darmonlar ham, deb xabar qildi Rossiyaning Afg‘onistondagi elchisi Dmitriy Jirnov.
"18 dekabr kuni Rossiya mudofaa vazirligining harbiy trasnport samolyoti 36 tonna oziq-ovqat mahsulotlari va afg‘on xalqiga hozir kerak bo‘layotgan muhim dorilar olib keldi. Bu bizning insonparvarlik yordamimizning uchinchi partiyasi. Rossiya maxsus samolyotlari yordamida Afg‘onistonga noyabrdan beri jami 100 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami olib kelindi", - dedi Rossiya elchisi.
"Qobulda bugun havo -8 daraja sovuq. Insonparvarlik yordami olib kelgan Rossiya harbiy-transport samolyoti bir necha soatdan so‘ng afg‘onistonlik Rossiya talabalarni olib qaytadi", - deyilgan videolavha izohida.