Murodjon Ahmadaliyev uylandi - video

Bokschining qaylig‘i kim ekani hamda to‘y va marosimlar qayerda bo‘lib o‘tgani haqida ma’lumot berilmagan.
Sputnik
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempioni WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev uylandi. Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar qilmoqda.
Videoda taniqli bokschi guldasta bilan ko‘p xonadonli uy podyezdidan chiqib avtomobilga o‘tiradi. Ehtimol, kelin uyi tomon yo‘l olish uchun. Bokschining qaylig‘i kim ekani hamda to‘y va marosimlar qayerda bo‘lib o‘tgani haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning noyabr oyida 27 yoshli o‘zbekistonlik bokschi, AQShning Manchester shtatida chililik Xose Velaskesga qarshi bo‘lib o‘tgan boks bahsida o‘zining chempionlik kamarini himoya qildi va professional boksda 10 ketma-ket g‘alabaga erishgan edi.