Shavkat Mirziyoyev Seulning tabarruk qadamjoyiga tashrif buyurdi - foto

Seul milliy qabristonida Koreya mustaqilligi uchun kurashgan insonlar, mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shgan davlat va jamoat arboblari dafn etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Seulda marhumlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.
"Seul milliy qabristonida Koreya mustaqilligi uchun kurashgan hamda urushlarda halok bo‘lgan insonlar, mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shgan davlat va jamoat arboblari dafn etilgan. Shuning uchun bu yer tabarruk qadamjo sifatida e’zozlanadi. Xorijiy davlatlar rahbarlarining bu yerga kelishi koreys xalqiga hurmat ifodasi hisoblanadi", - deyilgan xabarda.
Shavkat Mirziyoyev s suprugoy posetil kladbishe v Seule
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida mazkur qabristondagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ydi va esdalik bitigi qoldirdi.
Shavkat Mirziyoyev s suprugoy posetil kladbishe v Seule
Eslatib o‘tamiz, bugun Shavkat Mirziyoyev kun tartibida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, Janubiy Koreya parlamenti rahbariyati va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Kun tartibida "yashil" iqtisodiyot, investitsiya, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarda muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
1 / 3
2 / 3
3 / 3