Bu haqida Sputnik Belarus hamkasblarimizning maxsus ruknida o‘qing.
Anor boylik va farovonlik ramzi, va bu bejizga emas. Qadimda ushbu meva tansiq mahsulot hisoblangan, shuning uchun uni faqat boy odamlar iste’mol qilgan. Hozirga vaqtda anorni hamma supermarketlar va bozorlardan topish mumkin. Ammo, sog‘lom turmush tarzi tarafdorlarining, umuman o‘z sog‘lig‘iga befarq bo‘lmagan insonlarning muhabbatiga anor sharbati sazovor bo‘lgan. Xo‘sh, ichimlikning foydasi nimada va nega uni koronavirusdan himoya qiladigan vosita deya e’tirof etishmoqda? Sputnik Belarusning maxsus rusknida o‘qing.
Anor sharbatining foydali jihatlari
Anor sharbati haqiqatdan ajoyib tarkibga ega. Unda oshqozon-ichak tizimini meyorlashtiradigan aminokislotalar va barcha mikroelementlar-vitamin S, V guruhi vitaminlari va minerallar mavjud. Anor sharbatini muntazam iste’mol qilish qonda gemoglobin miqdorini ko‘paytiradi. Temir yetishmasligi anemiyasida, murakkab operatsiyadan so‘ng organizmni qayta tiklashga yordam beradi. Shuningdek, anor sharbati yurak-qon tomir tizimiga ham yaxshi ta’sir qiladi.
Sharbat tarkibidagi antioksidantlar organizmni mustahkamlashga va zararli toksinlarni haydab chiqarishga yordam bergani uchun ham, uni shamollash va gripp mavsumida iste’mol qilish kerak.
Anor sharbati tabiiy immunomodulyator, u immun tizimini faollashtiradi. Shuning uchun ham bu ichimlik koronavirusni yengishga yordam beruvchi mahsulotlar sirasiga kirgan. Sharbat virus va yallig‘lanishga qarshi kuchli ta’sirga ega bo‘lib, uning tarkibidagi o‘simlik polifenollari esa virusga yomon ta’sir qiladi.
Anor sharbati og‘iz bo‘shlig‘ini bakteriyalardan himoya qilishdek ajoyib xususiyatga ham ega. Boshqa sharbatlar turidan farqli o‘laroq, uni hatto qandli diabetda ham iste’mol qilish mumkin, albatta meyorida.
Anor sharbatining zararli jihati
Suyultirilmagan anor sharbatidan ehtiyot bo‘lish lozim. Tarkibidagi kislotalarning katta konsentratsiyasi tufayli oshqozonni bezovta qilishi mumkin. Oshqozon yarasi va kuchli gastritga chalinganlar sharbatdan voz kechganlari ma’qul. Qabziyatdan aziyat chekayotganlar ham sharbatdan cheklanishlari kerak.