Chiroqchida yer cho‘g‘ bo‘lib yonmoqda, taxminiy sabablar ma’lum qilindi - foto

Taxminan 0,10 ga yer maydon avval yonib o‘chganligi va hozirda tutun chiqib, atrofga badbo‘y hid tarqalayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Internetda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yerning cho‘g‘ bo‘lib yonayotganligi, sababi noma’lumligi, yomg‘ir yog‘ishiga qaramasdan cho‘g‘ning yonishda davom etayotganligi to‘g‘risidagi murojaat tarqaldi. Viloyati Ekologiya boshqarmasi, tuman FVB, “Hududgazta’minot” tuman filiali vakillaridan iborat guruhi holatni joyida o‘rganib chiqdi.
Taxminan 0,10 ga yer maydon avval yonib o‘chganligi va hozirda tutun chiqib atrofga badbo‘y hid tarqalayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Qishloqda yashovchi oqsoqollar bu joy taxminan 50-70 yil oldin chuqurlik joy bo‘lib, qamishzor bo‘lganligi va yillar o‘tib qamishlar ustiga tuproq yopilib ketganligi ta’kidlandi.
Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida bu holat yuzaga keldi.