TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Koreya poytaxtida Alisher Navoiy busti o‘rnatildi. Bu haqda "Bugun.uz" xabar qilmoqda.
Shahardagi nufuzli tumanlarning birida o‘rnatilgan bustning ochilish marosimida Koreya jamoatchilik vakillari va O‘zbekiston Oliy Majlis deputatlari ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz ayni damda Shavkat Mirziyoyev Seulga jo‘nab ketgan edi. U yerda oliy darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Kun tartibida O‘zbekiston–Koreya strategik sheriklik munosabatlari, qirrali hamkorligini, eng avvalo, "yashil" iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy soha kabi ustuvor yo‘nalishlarda yanada kengaytirish masalasi o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, Navoiy haykallari dunyo bo‘ylab Boku, Moskva, Shanxay, Vashington, Ashxobod, O‘sh shaharlari va Yaponiya mamlakatida o‘rnatilgan.