TOShKENT, 15 dek - Sputnik. “Ko‘p hollarda odamlar “oddiy” shamollashda shifokorga murojaat qilmaydi, balki xalq tabobati yoki odatiy dorilar bilan davolanishni afzal ko‘radi. Ammo, ba’zi dorilarni birvarakayiga qabul qilish yordam bermasligi, aksincha, salomatlik uchun zararli bo‘lishi mumkin”, deya ogohlantirdi shifokor.
“Agar allergiyaga qarshi dori bilan birga yo‘talga qarshi sirop qabul qilinsa, preparatning zaharli dozasi organizmda yig‘ilib qolishi mumkin”, deydi Rossiya poytaxti bosh klinik farmakologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Mariya Juravleva “Moskva”ga bergan intervyusida
Bunaqasi tez-tez sodir bo‘lib turadi: allergiya vaqtida antigistamin kurslari bilan birga qabul qilgan holda, yo‘tal va burun oqishida odamlar shifokor retseptisiz “zararli bo‘lmagan” siroplar ham qabul qilishni boshlaydi. Ikkala preparatlarda ham faol moddalar bir xil, agar ular bir vaqtning o‘zida qabul qilinsa, doza oshib ketishi mumkin. Bunday vaqtda bemorda uyqu buzilishi, ish vaqti uyquchanlik, lohaslik kuzatiladi.
Shuningdek, isitma tushiradigan vosita bilan trombga qarshi preparatni qabul qilish mumkin emas.
“Shifokor maslahatisiz antikoagulyantlar qabul qilish mumkin emas. Ular tomirlarda tromblar kelib chiqishi bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olish maqsadida retsept bo‘yicha tavsiya qilinadi. Ikkala dorini birga qabul qilish o‘ta xavfli ekanligini doimo yodda tutish lozim”, deydi Juravleva.
Shifokorning ogohlantirishicha, ayniqsa, keksa odamlar uchun bunday preparatlarni birga qabul qilish xavfli: ularda bu dorilar kombinatsiyasi qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.