Bu haqida loyiha tashkilotchilari – Oltoy Davlat universitetining “Katta Oltoy” oltoyshunoslik va turkshunoslik ilmiy-ta’lim markazi xabar qildi (OltDU “Katta Oltoy” ITM).
“Ushbu loyha haqidagi g‘oya ilk bor 2012-yilda, OltDUda Osiyo xalqaro izlanishlar markazi ochilgan vaqtda paydo bo‘lga edi. OTMning o‘zi esa Shanxay hamkorligi tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Shu vaqtdan boshlab turkshunoslik va oltoyshunoslik biz uchun ustuvor yo‘nalishga aylandi. 2019-yilda universitetda “Katta Oltoy”ning turk-mo‘g‘ul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi o‘xshashlik va xilma-xilliklari” xalqaro loyihasi paydo bo‘ldi. Uning maqsadi Markaziy Osiyo olimlarini turk dunyosining madaniy-sivilizatsion asoslarini o‘rganishga jalb qilish bo‘ldi”, - deydi loyiha rahbari, OltDU prezidenti Sergey Zemlyukov.
Loyiha ishlarining 2021-yilgi yakunini keltirar ekan, “Katta Oltoy” ITMning xalqaro ekspertlar kengashi raisi Anatoliy Derevanko ushbu yil davomida ko‘p sonli yangi ishtirokchilarni jalb qilishga muvaffaq bo‘linganini ma’lum qildi.
“2021 yilda bizga yana 31-ilmiy-ta’lim muassasalari va 22ta universitetlar va ilmiy institutlar qo‘shilishdi. Ayni damda loyihada “Katta Oltoy” davlatlari ilmiy-ta’lim muassasalarining 72 nafar olimlari faoliyat olib bormoqda. Va asosiysi yosh ilmiy xodimlar soni ham oshmoqda”, - deydi mutaxassis.
Rukovoditel NOS altaistiki i turkologii "Bolshoy Altay", prezident AltGU Sergey Zemlyukov i predsedatel mejdunarodnogo ekspertnogo soveta NOS altaistiki i turkologii "Bolshoy Altay", akademik RAN Anatoliy Derevanko na otkritii Mejdunarodnoy shkoli molodix uchenix — turkologov i altaistov (Barnaul, noyabr 2021 g.)
© Press-slujba AltGU
Ushbu yilning muhim voqeasi “Katta Oltoy: Rossiya – Qirg‘iziston, 2021” ekspeditsiyasi bo‘ldi. Jusup Balasagin nomidagi Qirg‘iz milliy universiteti (Balasagin nomidagi QMU) rektori Kanat Sadikov aytishiga ko‘ra, Qirg‘iziston hududida so‘nggi 50-yil ichida xalqaro ekspeditsiyalar tashkil qilinmagan.
“Olimlar zamonaviy ko‘chmanchilarining maishiy turmush tarzi, moddiy boyliklarini o‘rganib chiqishdi. Bular orasida an’anaviy buyumlar – o‘tov, qoramolchilik, hunarmandchilik va boshqalar bor. Ekspeditsiya davomida olingan bilimlar ananaviy madaniy qadriyatlarning barqaror va o‘zgarayotgan jarayonlari haqida hikoya qiladi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun shu kabi etonografik ekspeditsiyalarni Oltoy ko‘chmanchilari yashayotgan boshqa hududlarda ham o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lardi”, - dedi rektor.
Ekspeitsiya yakunlariga ko‘ra davra suhbati va fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Ayni damda Rossiya va Qirg‘iziston olimlari “Qirg‘iz-oltoy etnogenetik va etnomadaniy aloqalari” mavzusida monografiya tayyorlashmoqda.
Rektor Kirgizskogo natsionalnogo universiteta imeni Jusupa Balasagina (KNU im. Balasagina) Kanat Sadikov
© KNU imeni J.Balasagina
Shuningdek loyiha doirasida Amanjolov nomidagi Sharqiy-Qozog‘iston davlat universiteti OltDU bilan birgalikda “Katta Oltoy – turklar kelib chiqqan joy” nomli virtual muzey yaratish ustida ishlamoqda.
Ushbu manbaa turkiy sivilizatsiyaning eng yetuk va muhim yutuqlarini, moddiy va badiiy madaniyati yodgorliklarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi. OltDU vakillari bilan 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda arxeologik eksponatlarning 3D formatdagi detallari muhokama qilindi. U yerda har bir tomoshabin Qozog‘iston, Rossiya, Mo‘g‘uliston va Xitoy muzeylarida saqlanayotgan turk dunyosiga oid materiallarni tomosha qilishi mumkin”, - deydi ShQU rektori Muxtar Tolegen.
Ushbu yilda loyiha doirasida, M. Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining (O‘MU) jurnalistika fakulteti vakillari bilan eng faol hamkorlik amalga oshirildi. “Katta Oltoy” ITM OltDU hamda M. Ulug‘bek nomidagi O‘MU bilan hamkorlikda 2022-yildan boshlab “Katta Oltoy mediahududining ijtimoiy xavfsizligi” mavzusida magistrlik dasturini ishga tushirishga tayyorlamoqda.
Foto studentov fakulteta jurnalistiki iz Uzbekistana
© Natsionalniy universitet Uzbekistana im. M. Ulugbeka (NUUz)
“Bo‘lajak jurnalistlar uchun o‘z ildizlarini bilish muhim. Chunki XXI asrda har qanday xalq o‘z muvaffaqiyatini faqat xavfsizlik va madaniyatlararo yaqin munosabatlar orqali ta’minlashi mumkin. Madaniyatlar aro muloqot nimadan iborat bo‘lishi va uning sifati ko‘p jihatdan jurnalistlarning eruditsiyasi, yuqori professionalligi va bag‘rikengligiga bog‘liqdir. Ushbu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash – Katta Oltoyning barqaror rivojlanishi yo‘lida muhim qadamdir”, - deydi O‘MU jurnalistika fakulteti dekani Maxlie Mirsoatova
“Katta Oltoy”ning turk-mo‘g‘ul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi o‘xshashlik va xilma-xilliklari” xalqaro loyihasi Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ko‘magi yordamida, OltDU tomonidan 2019-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.