TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 219 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 196 522 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3), Andijon viloyatida (14), Buxoro viloyatida (12), Jizzax viloyatida (7), Qashqadaryo viloyatida (10), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (7), Samarqand viloyatida (26), Sirdaryo viloyatida (3), Surxondaryo viloyatida (1), Farg‘ona viloyatida (10), Xorazm viloyatida (14), Toshkent viloyatida (53), Toshkent shahrida (57) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 193 277 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foiz.
Respublikada jami 36,7 mln doza vaksinadan foydalanildi.
O‘lim holatlari
4 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1 449 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 271,5 milliondan oshdi, 5,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (50,2 mln), Hindistonda (34,7 mln), Braziliyada (22,2 mln).