TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Denovdagi savdo majmuasida yuzaga kelgan chaqnash hodisasi bo‘yicha tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida 15-dekabr kuni Denov shahar gaz bo‘limi boshlig‘i, Hududgaz Surxondaryo gazta’minotining 2 nafar xodimlari jami 3 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 116, 214-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deb xabar qildi Bosh prokuratura.
Denov shahri markazidagi ikki qavatli “Indenim” savdo majmuasida 7-dekabr kuniga o‘tar kechasi portlash sodir bo‘lgan edi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 9 kishi jarohatlanib, 2 kishi halok bo‘lgan. Portlashdan 65 ta uy zarar ko‘rgan, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgan.