TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Rossiyaning og‘ir, zarba beruvchi reaktiv uchuvchisiz apparati S-70 “Oxotnik” ilk bor namoyish etildi.
"Bizning majmuamiz boshqa davlatlarning ana shunday qurollaridan ko‘ra ustunlikka ega. Uni “Juda ko‘p axborot aniqlovchi, qayta ishlovchi va uzatuvchi tizimlarga ega bo‘lgan “uchuvchi kompyuter” deb atash mumkin. S-70 “Oxotnik” sun’iy ongga ega bo‘lib, u masofadan turib boshqariladigan apparatlardan mutlaq farq qiladi", - deydi "Suxogo" mutaxassislardan biri.
Sun’iy ong tufayli ushbu apparat o‘z oldiga qo‘yilgan jangovar vazifalarni mutaqil bajarish, boshqa uchuvchisiz apparatlar bilan birgalikda harakat qilish yoki 5-avlod qiruvchi samloyotidan turib boshqarilish imkoniga ham ega.
OKB “Suxogo” tomonidan ishlab chiqilgan ushbu uchuvchisiz apparatning o‘lchami kichik qiruvchi samolyotdek. Uzunligi – 14 metr, qanotlar kengligi – 19 metr, og‘irligi 20 tonnadan ortiq
U turli jangovar vazifalarni bajarishi mumkin – razvedkadan boshlab nishonga aniq bomba otishgacha. Uning imkoniyatlaridan biri – raqib havo mudofaa tizimiga ko‘rinmaslik xususiyatidir.