Rossiya tashqi razvedka xizmati kimlar bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya tashqi razvedka xizmati MDH va ShHT davlatlari razvedka xizmatlari bilan juda yaqin hamkorlik qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Rossiya tashqi razvedka xizmati MDH va ShHT davlatlari razvedka xizmatlari bilan juda yaqin hamkorlik qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin ma’lum qildi.
Rossiya o‘z hamkasblari bilan birgalikda Afg‘onistondagi kabi mintaqaviy mojarolarni hal qilish bo‘yicha yondashuvlarni ishlab chiqmoqda.
Narishkin Xitoy va Hindiston razvedka xizmatlari bilan hamkorlik alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.