Motamsaro sammit: Nima sababdan Bayden Rossiyaga qarshi koalitsiya to‘play olmadi

AQShda 110 davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan "Demokratiya sammiti" shu qadar zerikarli va OAV nazarida "jim" o‘tdi-ki, uni demokratiya tantanasi emas ko‘proq demokratiya motam marosimi deyish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Biz sabr bilan to‘rt kun kutdik, lekin Jo Bayden ma’muriyati o‘tgan juma va shanba kuni uyushtirgan “Demokratiya sammiti” haqida dunyo OAVlarida hech qanday shov-shuvli xabar paydo bo‘lmadi. Dam olish kunlari allaqachon tugagan bo‘lsa-da, ushbu “buyuk hodisa” haqida ma’lumot juda kam.
Hatto qidiruv tizimlari orqali qidirsangiz-da, 110ta davlat rahbarlari videoaloqa orqali birin-ketin demokratiyani maqtab gapirgan sammit haqida jiddiy va mulohazali maqola topilmaydi.
Buni faqat bir so‘z bilan atash mumkin – Mag‘lubiyat. Ular o‘zi nima xohlagan edi? Ha, ular yana bir bor “demokratiya tirik, u hozir yana bir bor yosharib, o‘zini tiklab olmoqda” deyishmoqchi edi. Shunday deyishdi ham, lekin bunga javob – faqat sukunat bo‘ldi. Xulosa – demak bu sammit zerikarli o‘tgan, aytishga arziydigan hech narsa yo‘q.
Shu o‘rinda oldingi zamonlar esga tushib ketdi... Vladimir Lenin tavalludining 100-yilligini nishonlanganda barcha kommunistik davlatlar bo‘ylab majlislar, konsertlar, rus milliy musiqa aspoblari ishtirokida orkestr chiqishlari bo‘lib o‘tgan, mavzuga oid film va spektakllar namoyish etilgan edi. Chunki mavzu obyekti - dohiy shaxsi qiziqarli edi. Demokratiya esa – odam emas, shunchaki falsafa, bir totalitar e’tiqod.
Keling endi ushbu “olamshumul voqea”dan oldin nimalar bo‘lganini bir esga olaylik. Dunyo OAVlari bo‘lajak voqeani o‘ta maqtab, osmonlarga ko‘tarib yozishgan edi. Bu bilan demokratlar o‘zlarini o‘zlari boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishdi. Axir tadbirga hammani chaqirsa (200ga yaqin tan olingan va olignmagan mamlakatlar) – bu BMT bo‘lib qoladi. Yegar rasman demokratik deb tan olingan mamlakatlarni chaqirsa – aksariyat avtoritar dunyo orasida bir to‘da sektantlarga o‘xshab qoladi.
Oxir oqibatda 110ta davlat taklif qilindi, ularning ro‘yxati juda g‘alati chiqdi. Osiyodan, masalan, mojaroli prezidentga ega bo‘lgan Fillipin taklif qilingan, lekin mutlaq demokratik va “g‘arbga xayrixoh” bo‘lgan Singapur taklif qilinmagan. Nega? Rossiya va Xitoyning taklif qilinmagani esa, faqat bir narsadan – AQSh yana bir bir dunyoni ikkiga ajratib tomonlar orasida nizo uyg‘otmoqchi bo‘lganidan darak beradi. Va ular bunga erishishdi ham.
Politico nashri yozishiga ko‘ra, sammitning muqobil g‘oyasi quyidagicha bo‘lgan: “Bayden sammini demokratiyani qutqarib qola olmaydi. Uni tuztish uchun 18ta muqobil g‘oyalar taklif qilinadi”. Bu g‘oyaning mualliflari Rossiya va boshqa davlatlardan kelgan Liliya Shevsova va Vladimir Milov kabi superdemokratlar.
Sammitda so‘zga chiqqan ushbu superdemokratlar – Amerikani har tomonlama tanqid qilishdi. Ularning fikriga AQSh budun dunyo bo‘ylab nodemokrat mamlakatlarga qarshi yetarlicha kurash olib bormayapti va ushbu kurash uchun ularga pul va aviatashuvchilar yetkazib bermayapti. Ha bular oldin ham ham eshitganmiz. Ha aytmoqchi, Baydenning o‘zi ham “demokratiyani davolashni AQShning o‘zidan boshlash kerak” dedi. Lekin nutq so‘zlash imkoni yuqori lavozimli amaldorlarga, o‘qituvchilarga emas, negadir yuqorida aytib o‘tilgan - professional demokratlarga berildi.
Aytish joizki so‘nggi yillarda dunyoda demokratiyadan “charchagan” davlatlar soni oshib bormoqda. Vaziyatni tuzatish uchun birinchi navbatda, “bemorga” tashhis qo‘yish kerak. Demak yaqinda biz G‘arbning “d” harfidan boshlanuvchi totalitar e’tiqodini mag‘lubiyatini tan olinishini va vaziyatni tuzatish uchun biror yangi narsa o‘ylab topilishi kerakligi haqida eshitamiz.
Xo‘sh aynan nima qilish mumkin? U yerda aytilgan shunchaki zerikarli gaplar zanjiri hech narsa anglatmaydi, ularga hech kim hatto iqtibos ham keltirmagan. Shunday bo‘lsa-da AQSh ushbu “konsert”ni alyansni yangilash yo‘lida yangi hodisa deb hisoblaydi. Bir yildan so‘ng “kerakli” odamlar yana bir to‘planishadi va o‘shanda aniq fikrlar, jumladan chaqirilishi kerak bo‘lgan mehmonlar ro‘yxati ham e’lon qilinadi.
Hozircha esa, AQSh o‘z yetakchiligini namoyish qilish uchun sammitga tayyorlagan bir qator xalqaro dasturlar guldastasi bilan tanishamiz. Ularning ayrimlariga hatto mablag‘ ham ajratilgan. Yoppasiga ular “demokratik yangilanish bo‘yicha prezident dasturi” deyiladi”.
Ular orasida “Erkin va mustaqil OAVlarini qo‘llab-quvvatlash”, korrupsiyaga qarshi kurash, islohotchi demokratlarni qo‘llab-quvvatlash, demokratiya yo‘lida axborot texnologiyalarini olg‘a surish, “erkin va odil saylovlarni himoya” qilish kabi dasturlar bor.
Shu o‘rinda o‘z o‘zidan savol tug‘iladi: oldin o‘nlab yillar davomida bu shaxslar nima ish bilan shug‘ullangan? – Shu ishning o‘zi bilan. Dunyoning turli mamlakatlaridagi o‘zlariga xayrixoh bo‘lgan odamlarga pul tarqatib kelishgan. Ular bo‘lsa o‘z hukumatlariga qarshi axborot urushlari olib borgan. Internetda axborot urushlari olib borish, har qanday saylovni shubha ostiga qo‘yish va ho kazolar. Endi bo‘lsa o‘zgarishi mumkmin bo‘lgan yagona narsa – demokrat bo‘lishni istagan har kimni o‘z mablag‘i evaziga ushbu siyosatni qo‘llab quvvatlashga majburlashdir. To‘xtanglar, axir bu ish ham imkon bor joylarda hizir ham amalga oshirib kelinmoqdag‘ku?
Eslatib o‘tamiz, kim bo‘lishidan qat’iy nazar hammaga demokratiyaning to‘g‘ri modelini “majburlab kiydirish” ikkita ayanchli oqibatga olib keldi. Birinchidan – hozir dunyoda eng talabgir mafkura – turli ko‘rinishdagi konservatizm. Uning shiori – odamlarning “miyasini chayish”ni bas qiling, ularni tinch qo‘ying va o‘zlari tanlagan yo‘ldan borishga imkon bering. Ikkinchidan – demokratiya degan “jevachka”ning mag‘zini hamma tushunib bo‘ldi. Bu juda zerikarli.
Shuncha tashvish, vahima, 110ta davlatni jamlash natijasida hech narsa bo‘lmadiku? Bo‘shliq xolos. Hozir ulardan nima uchun yig‘ilganini so‘rasangiz - o‘zlari ham bilmaydi. Natija – sammit demokratiya himoyasi emas, ko‘proq uning motam marosimiga o‘xshaydigan bo‘ldi.