Moskva viloyatida bloger BMWni savdo markazi ichkarisiga haydab bordi – video

Moskva viloyatida bloger BMWni savdo markazi ichkarisiga haydab bordi.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Prokuratura Moskva viloyatidagi Odinsovo savdo markazi ichida avtomobil haydab yurish holati yuzasidan tekshiruvni boshladi.
Ta’kidlanishicha, mashinani boshqargan bloger Mixail Litvin may oyida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan.
Blogerga nisbatan haydovchilik guvohnomasiz mashina boshqargani uchun ma’muriy bayonnoma tuzildi.