“Katta Oltoy – turklarning ajdodlar maskani” virtual muzeyi yangi 3D-eksponatlar bilan o‘z kolleksiyasini kengaytirmoqda. Buning uchun olimlar yettita muzeydagi 70 ta eksponatni raqamli qayta ishlashdi. Mutaxassislar Markaziy Osiyo davlatlari hamkasblari bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oltoy davlat universitetining “Katta Oltoy” oltoyshunoslik va turkshunoslik ilmiy-ta’lim markazi matbuot xizmati xabar qildi.
Predmeti iz Muzeya AltGU
© Muzey Altayskogo gosudarstvennogo universiteta
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Oltoy hududida turkiy davrga oid yuzlab yodgorliklar jamlangan. XIX asrdan boshlab olimlar Markaziy Osiyoning ko‘p asrlik tarixi va madaniy ildizlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlatlarida arxeologik qazishmalar olib bormoqda.
"Qazishmalar materiallari dunyoning ko‘plab muzeylarida jamlangan. Bu turkiy dunyoning qadimiy yodgorliklariga oid noyob kolleksiyalarga ega o‘nlab yirik tashkilotlar. Shu sababli mutaxassislarga turklar madaniyati yagona kompleksda eksponatlar bilan tanishish va taqdimot qilish murakkab. Loyihamizning vazifasi - bu muammoni hal qilish”, - dedi Oltoy arxeologiya va etnografiya muzeyi direktori, “Buyuk Oltoy” virtual muzeyi asoschisi Yaroslav Frolov.
Predmeti iz Muzeya AltGU
© Muzey Altayskogo gosudarstvennogo universiteta
Ekspertlarning fikriga qaraganda, virtual muzeylar maktabdagi tarix darslari, oliygohlardagi ma’ruzalar uchun ajoyib qo‘shimcha material bo‘lishi mumkin, shuningdek, olimlar va Markaziy Osiyo tarixini yaxshi ko‘radiganlar uchun ham qiziqarli bo‘ladi.
"Dunyodagi eng yirik muzeylarga hamma ham tashrif buyurish imkoniyatiga ega emas, shuning uchun virtual muzeylar yaratish g‘oyasi bugungi kunda dolzarb masala. Bunday muzeylarning muayan mavzudagi loyihalari: Yunon-Baqtriya, So‘g‘d, Turk hoqonlik yoki antik davr va ilk o‘rta asrlar san’ati yoki harbiy ishlari - talabga ega bo‘ladi”, — dedi tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, Akademiya O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Numizmatika fondi saqlovchisi Alfiya Musakayeva.
Predmeti iz Muzeya AltGU
© Muzey Altayskogo gosudarstvennogo universiteta
Hozirda virtual muzeyda 60ta eksponat modellari mavjud. Yaroslav Frolovning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda loyiha geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan - Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari - O‘zbekiston va Qirg‘iziston muzeylari mutaxassislari bilan hamkorlik qilish.
Predmeti iz Muzeya AltGU
© Muzey Altayskogo gosudarstvennogo universiteta
"Bunday virtual muzeyda turkiy otliqlarning haykalchalari, VI-VII asrlarga oid sopol buyumlar, Shosh tangalari, So‘g‘d va Toxariston tangalari juft tasvirga ega. Onlayn- tashrif buyuruvchilar qazishmalarni ko‘rish qiziq bo‘ladi Turkiy zamonning qadimiy manzilgohlari: Kanka, Poykend, Afrosiyob, Kofirqal’a. Bundan tashqari, turkiy jangchilarning qurol-yarog‘lari yoki bosh kiyimlarining rekonstruksiyalarini ham ko‘rsatishimiz mumkin. Afrosiyob naqshlari ham bunday muzeyni mukammal tarzda to‘ldirishi mumkin”, - dedi Alfiya Musakayeva.
Predmeti iz Muzeya AltGU
© Muzey Altayskogo gosudarstvennogo universiteta
Virtual muzey Rossiya Fan va ta’lim vazirligi ko‘magida “Katta Oltoy turk-mo‘g‘ul dunyosi: tarix va zamonaviylikda birlik va xilma-xillik” loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Predmeti iz Muzeya AltGU
© Muzey Altayskogo gosudarstvennogo universiteta