Haydovchi bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan YPX xodimi ishdan bo‘shatildi

Andijonda haydovchi bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan YPX xodimi ishdan haydaldi
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Haydovchi bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan YPX xodimi ishdan bo‘shatildi, deb xabar qildi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqda "YPX xodimi haydovchiga qo‘pol muomalada bo‘ldi" izohi bilan tarqalgan video yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi bo‘yicha ma’lumot berilgan edi.
Tekshiruv yakuniga ko‘ra, 2021-yil 27-noyabr kuni xizmat mobaynida, haydovchi bilan o‘zaro muloqot davomida og‘ir-vazmin bo‘lmasdan, mulohaza bilan ish olib borish o‘rniga, fuqaroga baland ovozda, qo‘pol munosabatda bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida"gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim meyoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Andijon viloyati IIB YHXB xodimi B.Badinov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha xulosa qilindi.