TOShKENT, 15 dek — Sputnik. YuNESKO seshanba kuni arab husnixatini nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritdi.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi 16 musulmon davlati arab husnixatini tashkilotning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish uchun ariza topshirdi.
"Arab husnixati - uyg‘unlik, nafosat va go‘zallikni ifodalash uchun arab yozuvini ravon yozish badiiy amaliyotni namoyon etadi. Rasmiy va norasmiy ta’lim orqali o‘rgatilishi mumkin bo‘lgan bu amaliyotda arab alifbosining yigirma sakkiz harfidan foydalaniladi, ular o‘ngdan chapga yoziladi" - deyilgan YuNESKO saytidagi xabarda.
Bayonotda yozilishicha, xattotlik dastlab yozuv tushunarli va o‘qilishi uchun yaratilgan bo‘lib, asta-sekin an’anaviy va zamonaviy asarlarda qo‘llaniladigan arab islom san’atiga aylandi.