Taxtaqoracha dovoni qayta ochildi - FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligining sa’y harakatlari natijasida bugun tongda Taxtaqoracha dovoni qayta ochildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 dek - Sputnik. "Taxtaqoracha" dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Faqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tegishli tashkilotlarning xodimlari tomonidan olib borilgan zururiy tadbirlar natijasida soat 08:20 da "Taxtaqoracha" dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, 13-dekabr kuni "Taxtaqoracha" dovonida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi bois, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, M-39 "Toshkent - Termez" yo‘li Taxtaqoracha dovoni orqali Samarqand viloyatining Urgut tumanini Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani bilan bog‘lab turadi. Dovon balandligi dengiz sathidan 1780 metrni tashkil qiladi. Ushbu yo‘l orqali har qanday ob-havoda avtobuslar harakati ta’qiqlangan.