TOShKENT, 14 dek - Sputnik. Og‘ir atletika bo‘ychia Tshkentda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Sarvarbek Zafarjonov ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi, deb habar qilmoqda MOQ.
Bugun navoiylik yosh sportchi Sarvarbek Zafarjonov -89 kg vazn toifasida medallar uchun kurash olib bordi. Sarvarbek dast ko‘tarish mashqini 166 kg bilan to‘rtinchi o‘rinda yakunladi. Siltab ko‘tarish dasturida 205 kg va ikki kurash bo‘yicha 371 kg natija bilan kumush medallarni qo‘lga kiritmoqda.
Qayd etish joiz, ikki kurash bo‘yicha 371 kg natijani birinchi bo‘lib qayd etgan koreyalik Dongju Yu oltin medalni “ilib ketdi”.
Og‘ir atletika bo‘yicha JCh 89 kg erkaklar orasida natija quyidagicha bo‘ldi:
1.
Dongju Yu (Janubiy Koreya) – 371 (167+204) kg2.
Sarvarbek Zafarjonov (O‘zbekiston) – 371 (166+205) kg3.
Revaz Davitadze (Gruziya) – 370 (171+199) kg.Ma’lumot uchun, 2020-yilda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi "Yilning eng yaxshi sport tashkiloti" deb e’tirof etilgan edi. Bunga Federatsiyaning mahalliy va xalqaro turnirlarda ishtirok etib yuqori natijalarga erishgani, Respublika ichida sport tadbirlarini o‘tkazishda ko‘rsatgan faolligi sabab bo‘lgan.