Toshkentning eng baland yangi yil archasi qayerda o‘rnatiladi - video

Bu yil poytaxtning eng baland archasi Toshkent siti bog‘ida o‘rnatiladi. Batafsil videolavhada tomosha qiling.
Sputnik
TOShKENT, 13 dek - Sputnik. Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qolganda Toshkentda bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. An’anaviy bayram manzillarida yangi yil archalari o‘rnatilib, ular atrofidagi maydonlar bezatilmoqda.
Bu yil poytaxtning eng baland archasi Toshkent siti bog‘ida o‘rnatiladi. Batafsil videolavhada tomosha qiling.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus tahdidi tufayli, O‘zbekistonda bu yilgi Yangi yil bayramini uyida oila davrasida kutib olish tavsiya etilgan.