TOShKENT, 13 dek - Sputnik. Rossiya 2022-yilda Markaziy Osiyo davlatlari bilan harbiy hamkorlikni oshiradi. Bu haqida Markaziy Harbiy okrug (MHO) qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin xabar qildi.
"Markaziy Osiyo hududida harbiy havflar soni oshib borishi munosabati bilan, koalitsion qo‘shinlarning harbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, 2022-yilda birgalikda o‘tkazilayotgan tadbirlar sonini oshiramiz. Ulardan eng muhimi KXShT tinchlikparvar kuchlari ishtirokida o‘tkaziladigan "Buzilmas qardoshlik - 2022" o‘quv-mashqlaridir", - dedi Lapin.
MHO qo‘mondoni aytishiga ko‘ra, 2021-yilda Rossiya Markaziy Osiyo hududida 50ka yaqin xalqaro tadbirlar o‘tkazgan. Ulardan asosiylari 10ta ittifoqdosh davlat harbiylari ishtirokida Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tgan 11ta keng ko‘lamsli o‘quv mashqlaridir.
Ma’lumot uchun, Markaziy harbiy okrug Rossiyaning 29ta subyekti hududida joylashgan. Uning tarkibiga Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza, Qirg‘iziston va Qozog‘iston hududlarida joylashgan Rossiya harbiy bazalari ham kiradi.