TOShKENT, 13 dek - Sputnik. Toshkent viloyatining sobiq hokimining haykal va biznes majmuasi qurilish haqidagi farmoni bekor qilindi. Bu haqda viloyat hokimining farmoyishi qabul qilingan.
"Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish hamda “Nurafshon Business City” hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilishi bekor qilindi", - deyilgan xabarda.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan 34 milliard so‘m mablag‘ viloyat mahalliy budjetiga tiklangan holda — viloyatdagi nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joylarini ta’mirlash uchun viloyat “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga o‘tkazib berish maqsadida viloyat hokimligiga 1 650 000,0 ming (bir milliard olti yuz ellik million) so‘m mablag‘ ajratilsin, - deyilgan qaror matnida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 18-noyabr kuni Toshkent viloyatining hokimi Davron Hidoyatov o‘rniga shu kunga qadar Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Zoyir Mirzayev hokim vaifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.