Yangi yilda ko‘pchilik o‘z uyida tirik archa daraxti bo‘lishini orzu qiladi. Lekin archa daraxtini qanday tanlash, Tomiri bilan olib kelingan yoki kesib olingan archani qanday parvarish qilishni hamma bilmaydi.
Sputnik Moldova tahririyati ushbu mavzuda qiziqarli videolavha tayyorladi. Archa yetishtirish qo‘riqxonasi xodimi aytishiga ko‘ra, archa daraxtini harorat 15 darajadan oshmaydigan xonada saqlash kerak. Tirik archani haftasiga ikki marobata sug‘orish va agar uyda havo issiq bo‘lsa kuniga ikki marotaba barglariga suv sepish kerak.
Htto kesib olingan archa daraxti uzoqroq turishi uchun uni sovuq havoda saqlash va pastki qismini nam tuproq bilan o‘rab qo‘yish va vaqti bilan suv quyib turish tavsiya etiladi. Bunday sharoitda archa 1 oygacha saqlanib turishi mumkin.
Shu bilan birga, Yangi yilga archa xarid qilganingizda, ushb daraxt juda sekin o‘sishini unutmang. Archa 1 metrga o‘sishi uchun 5-6 yil vaqt kerak bo‘ladi, deydi mutaxassis.