TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Turkiyada olti kishida koronavirusning "omikron-shtammi" aniqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kodjaga asoslanib.
"Turkiyada olti kishida "omikron" shtammi aniqlandi.Bir kishi Istanbulda va besh kishi - Izmirda", - dedi Kodja.
Sog‘liqni saqlash vaziri aytishiga ko‘ra, "omikronga" chalingan fuqarolardan hech biriga shifoxonaga yotib davolanish talab etilmaydi.
"Barcha bemorlarda kasallik juda yengil kechmoqda, ular ambulator kuzatuv ostida, hech qanday muammo yo‘q", - dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, dastlab omikron shtammi noyabr oyining 11 sanasida Afrika qit’asida bir necha davlatlarda aniqlangan edi. JSST yangi shtammni hali yeatrlicha o‘rganilmagan deb hisoblaydi. Shu kunga qadar "Omikron"dan biror bemor vafot etmadi yoki og‘ir holatga tushmadi.