Ermitajda Navoiy kechasi qanday o‘tdi - foto, video

Sankt-Peterburgdagi Ermitaj saroyida Navoiyxonalik kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda 1941-yil 10-dekabr kuni bombalar ostida nishonlangan Alisher Navoiy tavalludining 500-yilligi esga olindi.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Sankt-Peterburgda 1941-yilning 10-dekabrida bo‘lib o‘tgan "Navoiyxonlik" kechasining 80-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan asrning 40-yillari boshida Leningradda Alisher Navoiy tavalludining 500-yilligini nishonlash uchun katta tayyorgarlik ko‘riladi, lekin kutilmaganda Ikkinchi jahon urushi boshlanadi va Leningrad to‘xtovsiz janglar va qamal girdobiga tushib qoladi.
Shunga qaramasdan leningradlik akademik va olimlar Navoiyxonlik tadbirini o‘tkazishga qaror qilishadi. Vaholanki o‘shanda shaharda jamoat transporti to‘xtab qolgan, issiqlik va elektr ta’minotlari ham uzilgan vaziyat o‘ta og‘ir edi.
1941 yilning 10-dekabr kuni Ermitajniy "Shkolniy" nomli zalida Navoiyxonlik kechasi boshlanadi. Uning boshlovchisi Boris Borisovich Piotrovskiy, o‘sha vaqtlar yosh olim, keyinchalik Ermitaj direktori. Kirish so‘zini o‘sha vaqtdagi Ermitaj direktori Iosif Orbeli aytadi.
Navoiyskie chteniya po sluchayu 580-letiya
"Biz bugun, shahrimiz va butun mamlakatimiz boshidan kechirayotgan g‘ayrioddi damlarda, barcha xalqlarimiz madaniy hayotida muhim bo‘lgan sana, buyuk va o‘lmas shoir, Alisher Navoiy nomini yodga olish uchun to‘plandik. Qamalga olingan, qiynoq, ochlik va zahmatlarga mahkum etilgan shaharda shoir nomini ulug‘lashning o‘zi - xalqning mustahkam ruhi, uning sinmas irodasi va ilm-fanning abadiy va insonparvar yuragidan jarak beradi", - degan edi Orbeli.
Shundan so‘ng bir necha akademik va olimlar nutq so‘zlashadi, urushdan bir kuncha chaqirib olingan shoir Vsevolod Rojdestvenskiy o‘zining Navoiy she’rlari tarjimasini o‘qiydi.
Oradan 80-yil o‘tib, 2021-yilning 10-dekabr kuni, Sankt-Peterburgdagi Ermitaj saroyida yana Navoiyxonalik kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya va O‘zbekistonlik olimlar, Navoiyshunoslar to‘planishdi.
Navoiyskie chteniya po sluchayu 580-letiya
Tadbirda RFAning Sharq qo‘lozmalari instituti direktori Irina Fedorovna Popova 80-yil avvalgi Navoiyxonlik kechasi qanday o‘tkazilgani haqida ma’lumot berdi. Irina Fedorovna o‘z ma’ruzasida ushbu tarixiy badiiy kechalarni yakunlagan akademik Orbelining so‘zlaridan iqtibos keltirdi:
"Biz albatta g‘alaba qozonamiz, so‘ngra yubileyni ulug‘vor va tantanali ravishda nishonlaymiz. Umid qilamanki, nemis to‘plari jo‘rligida o‘tayotgan ushbu uchrashuv barchaning xotirasida qoladi. Nima bo‘lganda ham, she’riyat yashaydi va g‘alaba qozonadi. Keling, uning jozibali dunyosiga sho‘ng‘iymiz ...".
Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov, Davlat Ermitaji direktori Mixail Piotrovskiy, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti rektori Shuhrat Sirojiddinov, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lozmalari instituti direktori Irina Popova, navoiyshunos Sultonmurod Olim kabi taniqli olimlar, shoirlar, navoiyshunoslar ishtirok etishdi.
Navoiyskie chteniya po sluchayu 580-letiya