Bu yil O‘zbekiston YaIMi 7%gacha o‘sishi kutilmoqda - XVJ

O‘zbekistonda 2020-yilda boshlangan iqtisodiy o‘sish 2021-yilda ham davom etmoqda. Ushbu yilda ham iqtisodiy o‘sish 7%ga yaqin bo‘lishi kutilmoqda, - XVJ.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2021-yilda O‘zbekiston YaIMi 7% o‘sishini bashorat qilmoqda. Fond xabariga ko‘ra, Respublika koronavirus pandemiyasini yengib o‘tib o‘z iqtisodini tiklamoqda. Bu haqida Moliya vazirligiga asoslanib RIA Novosti xabar qilmoqda.
"O‘zbekiston pandemiyani nisbatan yaxshi o‘tkazdi. 2020-yilning ikkinchi yarmidan boshlab iqtisodiy faollik osha boshladi va 2021-yilda ham davom etdi. Ushbu yilda ham iqtisodiy o‘sish 7%ga yaqin bo‘lishi kutilmoqda", - deyilgan xabarda.
Shunday bo‘lsada, ekspertlar xulosaliga ko‘ra, O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori -10% miqdorida bo‘lib qolmoqda. Bunga jahon bozorlarida oziq-ovqat va xom-ashyo narxlari o‘sishi ham bosim o‘tkazmoqda.
XVJ mutaxassislari, shuningdek, 2022-yilda ham O‘zbekiston iqtisodi o‘sishi 6% darajasida saqlanib qolishini, lekin bu juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lishi ham prognoz qilishmoqda. Bunga koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘lishi ehtimoli, shuningdek O‘zbekistonning asosiy hamkorlarining iqtisodiy o‘sishi sekinlashishi, oltin va boshqa xom-ashyo narxlari ham katta ta’sir qilishi mumkin, deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, 2-10 dekabr kunlari XVJning missiyasi O‘zbekistonda bo‘lgan edi. Ushbu yilning iyul oyida O‘zbkiston Markziy banki 2021-yilda o‘sish prognozini 6,8%gacha oshirgan edi.