Toshkentda shifokorlar xotirasiga bag‘ishlangan xiyobonda daraxtlar ekildi - video

Toshkentda koronavirus qurbonlari bo‘lgan tibbiyot xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan xiyobonda daraxtlar ekildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Toshkentdagi G‘alaba bog‘i yaqinida COVID-19 tufayli vafot etgan shifokorlarning xotirasini abadiylashtirish maqsadida xiyobon tashkil etilmoqda.
Bugun xiyobonda ko‘chatlarni ekish ishlari amalga oshirilyapti, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Tadbirda Oliy Majlis raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etmoqda.
Daraxtlar yonida shifokorlarning ism-shariflari yozilgan taxtachalar o‘rnatilmoqda. QR-kod orqali ular haqida ma’lumot olish va suratini ko‘rish mumkin.
Birinchi bosqichda 61 ta daraxt: chinor, qayrag‘och va akatsiyalar ekish rejalashtirilgan.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda mamlakatda 485 nafar shifokor va tibbiyot xodimlari koronavirus va aloqador kasalliklardan vafot etdi.
Bugungi kun holatiga koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1434 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Yangi materiallar:
Koronavirusga chalingan bemorlar soni keskin oshdi, 4 kishi vafot etdi>>
Rossiyadan O‘zbekistonga yangi turdagi vaksina olib kelindi>>