TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Ukraina davlat chegara xizmati Rossiya ramzlari tasvirlangan kiyimda kelgan O‘zbekiston fuqarosini mamlakatga kiritmadi.
““Borispol” nazorat-o‘tkazish punktida Rossiya ramzlari tushirilgan kiyimda kelgan O‘zbekiston fuqarosi Ukraina hududiga kiritilmadi”, — deyilgan chegara xizmati Facebookdagi sahifasida.
Chegara xizmatining xabar berishicha, kiyimda Rossiya bayrog‘i va gerbi tasvirlari hamda “Russian national team” yozuvi bo‘lgan.
Erkak chegarachilarga mamlakatga kelish maqsadi - traktor sotib olish, deb aytgan, biroq buni isbot qila olmadi.
O‘zbekiston fuqarosi qaytish reysi bilan Toshkentga jo‘nab ketdi.