O‘zbekiston va Rossiya yoshlari hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda - Perminova

Yoshlar forumida O‘zbekiston va Rossiyadan 50 nafar ishtirokchi, jumladan, O‘zbekiston yoshlar masalalari agentligi, Rossiya davlat idoralari va ikki mamlakat talabalar hamjamiyatining vakillari ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya yoshlari hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Mamlakatlar uchun an’anaga aylanib borayotgan yaqinda bo‘lib o‘tgan Rossiya-O‘zbekiston yoshlar forumining o‘tkazilishi buning dalilidir – tadbir ketma-ket 3-yil o‘tkazilmoqda.
Rossiysko-uzbekskiy molodejniy forum
Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti qoshidagi postsovet hududida ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha axborot-tahlil markazi bosh muharriri, forum hamkori Aleksandra Perminova shunday xulosaga keldi.
“2019 yilda birinchi forum Toshkentda bo‘lib o‘tgandi”, - dedi u Sputnik O‘zbekistonga. - Ikkinchisi, pandemiya sababli onlayn tarzda o‘tkazishga to‘g‘ri keldi, uchinchisi esa Samarada 6-9 dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi”.
Perminovaning aytishicha, Samara forum o‘tkazish uchun tasodifan tanlanmadi. “Bu hudud O‘zbekiston bilan hamkorlikni faol oshirmoqda, bundan tashqari, bu yerda raqamli loyihalar rivojlanmoqda, IT sohasi esa O‘zbekistonda hozirda talabga ega”, - deya tushuntirdi Aleksandra Perminova.
Rossiysko-uzbekskiy molodejniy forum
Bu gal yoshlar forumida O‘zbekiston va Rossiyadan 50 nafar ishtirokchi, jumladan, O‘zbekiston yoshlar masalalari agentligi, Rossiya davlat idoralari va ikki mamlakat talabalar hamjamiyatining vakillari ishtirok etdi.
– O‘zbekiston aholisining asosiy qismini - bu 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi va bu hamkorlik uchun ulkan salohiyatdir, – deydi Perminova.– Mamlakatlarimiz o‘rtasida tadbirkorlar, tadqiqotchilar, oliy mansabdor shaxslar darajasida hamkorlik mavjud, hozir esa “yoshlar va yoshlar” formati rivojlanmoqda.
Kelgusi yili forum O‘zbekiston shaharlaridan birida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Rossiya-O‘zbekiston yoshlar forumi Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi, RTU MIREA, Rossiya yoshlar va bolalar uyushmalari milliy kengashi, MDU ITM bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.