Koronavirusga chalingan bemorlar soni keskin oshdi, 4 kishi vafot etdi

Sutka davomida 278 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 195 524 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek — Sputnik.Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 278 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 195 524 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (7), Andijon viloyatida (13), Buxoro viloyatida (13), Jizzax viloyatida (7), Qashqadaryo viloyatida (6), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (3), Samarqand viloyatida (16), Sirdaryo viloyatida (2), Surxondaryo viloyatida (6), Farg‘ona viloyatida (12), Xorazm viloyatida (7), Toshkent viloyatida (81), Toshkent shahrida (102) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 192 260 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizga yetdi.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1434 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 269,1 milliondan oshdi, 5,2 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (49,8 mln), Hindistonda (34,7 mln), Braziliyada (22,2 mln).