TOShKENT, 11 dek — Sputnik. “Bunyodkor” futbolchisi Diyor Rahimqulov 11-dekabr kuni avtohalokat oqibatida vafot etdi, deb xabar qildi "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati.
19 yoshli Diyor Rahimqulov 2021-yilgi mavsumda "Andijon" klubida ijara asosida to‘p surgandi.
Uning transfer huquqi "Bunyodkor"ga tegishli. Diyor Toshkent jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Futbolchi andijonliklar safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.