TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Afg‘onistonda Al-Qoida* terrorchilarining soni ko‘paydi.
Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (SENTKOM) rahbari general Kennet Makkenzi Associated Press agentligiga ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarada ishonchli nazorat yo‘qligi “Al-Qoida”* terrorchilariga Afg‘onistonga qaytish imkonini bermoqda, ular aynan shu bilan shug‘ullanmoqda.
AQSh Tolibon** harakatidan Al-Qoida*ga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishni talab qilmoqda, biroq bu masalada harakat ichida kelishmovchiliklar bor deb hisoblaydi. Kelgusi bir necha oy ichida aniqlik kutilmoqda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
**tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida