Aeroportda fuqaroning qo‘l yukida gilzalar aniqlandi - foto

Xorijdan uchib kelgan fuqaro chegaradan qo‘l yuklari orasidan 26 dona gilza olib o‘tmoqchi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. “Farg‘ona aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro Yu.S.ga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Natijada yuklar orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan jami 2 turdagi 26 dona ov miltig‘i gilzalari borligi aniqlandi.
Bojxona organlari tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.