TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Rossiyaning “Uralxim” kompaniyasi O‘zbekistonda murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Mazepin bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
"Rossiyaning eng yirik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchisi bilan O‘zbekistonda azot, fosfor va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ilmiy-texnik ishlanmalar va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi", - deyilgan xabarda.
Prezident Uzbekistana prinyal glavu rossiyskoy kompanii "Uralxim"
Ma’lumot uchun, "Uralxim" birlashtirilgan kimoviy kompaniyasi nafaqat Rossiyada, balkim dunyoda eng yirik mineral va azotli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir. Kompaniya tarkibida "Uralkaliy", "Tolyattiazot" kabi yirik ishlab chiqaruvchilar ham bor.
Kompaniyaning yiliga 2,9 mln. tonna ammiak, 2,9 mln. tonna ammiakli selitra, 1,2 mln. tonna karbomid va 0,8 mln tonna fosforli va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. "Uralxim"ning yillik daromadi 1,3 mlrd. dollar, xodimlari soni - 10 ming kishi.
Prezident Uzbekistana prinyal glavu rossiyskoy kompanii "Uralxim"