Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi

Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Hukumat qarori bilan Akbar Tashkulov Akbar Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.
A. Tashkulov 1971-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni sohibi.
A. Tashkulov o‘z mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
A. Tashkulov adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan bo‘lib, 2017-yil aprel oyidan boshlab adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.