O‘zbekiston va YeOII

Putin YeOII yig‘ilishida qanday takliflar bildirdi

Putin YeOII sammitida "COVID-19siz sayohat" ilovasining geografiyasini kengaytirishni taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Vladimir Putin Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
Rossiya yetakchisi ta’kidlashicha, pandemiya va jahon bozorlaridagi beqarorlik fonida murakkab sharoitlarga qaramay, YeOII doirasidagi o‘zaro hamkorlik juda samarali bo‘ldi.
Ittifoqning umumiy qonunchiligini takomillashtirish jarayoni davom etmoqda. YeOII mamlakatlari tovar va xizmatlar harakati yo‘lidagi to‘siqlarni faol ravishda bartaraf etmoqda, dedi Putin.

“COVID-19siz sayohat”

“COVID-19siz sayohat” mobil ilovasi pandemiya sharoitida integratsiya birlashmasi doirasida YeOII mamlakatlari fuqarolarining erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun ishga tushirildi.
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchiga ma’lum bir mamlakatdagi amaldagi cheklovlar va qoidalar haqida ma’lumot yuboriladi, tekshirilgan laboratoriyalar ro‘yxati va testdan o‘tish uchun ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati taqdim etiladi.
Hozirda loyihada Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ishtirok etmoqda.
Putin loyiha geografiyasini kengaytirishni taklif qildi. Prezident hozirda YeOII davlatlaridan tashqari, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston va O‘zbekistonda ham ilova faol qo‘llanilayotganini ta’kidladi.
Davlat rahbari loyihani takomillashtirish borasidagi ishlarni davom ettirishni taklif qildi.

Navigatsiya plombalari

Rossiya YeOII Oliy kengashi yig‘ilishida elektron navigatsiya plombalari haqidagi hujjat qabul qilinish haqida tashabbus bilan chiqdi. Bu tovarlar harakatini shaffof kuzatish imkonini beradi, dedi Putin.
“Ular (plomba – Sputnik) tovarlarning transchegaraviy tashishlarni kuzatish, tovarlar xavfsizligini ishonchli kafolatlash va ularni chegarada rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish imkonini beradi”, — deb qo‘shimcha qildi Rossiya lideri.
Bunday plombalardan foydalanish, shubhasiz, bojxona operatsiyalarining shaffofligini oshiradi va YeOII hududida transport xizmatlari sohasini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu plombalar Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi o‘rtasidagi yuk tranziti uchun transport yo‘nalishlarini jozibador qiladi, dedi Rossiya prezidenti.

Vaksinatsiya

Koronavirusga qarshi kurash YeOII davlatlarini farmatsevtika sanoati va umuman tibbiyot sohasida hamkorlik qilishga undaydi, dedi Putin.
Mamlakatlar Rossiya texnologiyalari tufayli emlash sur’atlarini oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
"Rossiya nafaqat ishlab chiqarish quvvatlari va yangi ish o‘rinlarini yaratishga sarmoya kiritdi, balki eng zamonaviy tibbiy texnologiyalarni ham transferini amalga oshirdi va shu tariqa YevrAzES hamkorlarimiz aholini o‘zi ishlab chiqargan yuqori samarali preparatlar bilan emlash sur’atlarini oshirishga muvaffaq bo‘ldi”, — deb qo‘shimcha qildi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu butun Yevroosiyo hududida COVID-19ning kollektiv immunitetini oshiradi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu ishtirokchi davlatlar fuqarolarining YeOII hududi bo‘ylab erkin harakatlanishini to‘liq tiklash uchun sharoit yaratadi.

Iqlim va yashil iqtisodiyot

Rossiya yetakchisi YeOII mamlakatlarini iqlim kun tartibi va iqtisodiyotning yashil transformatsiyasi mavzusida hamkorlikni faollashtirishga chaqirdi.
Rossiya tashabbusi bilan issiqxona gazlari chiqindilariga qarshi kurashish, uglerod neytralligiga erishish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus ishchi guruh tuzilgan.
“Biz YevroAzES hamkorlari bilan bu boradagi konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz”, — dedi prezident.

Tovarlarni markirovkalash

Putin YeOIIda mahsulotlarni markalash tizimini kengaytirishni taklif qildi. Bu Ittifoqdagi bozorlar shaffofligini ta’minlash uchun zarur.
Bu amaliyot noqonuniy savdoga qarshi kurashda – ayniqsa, iste’mol tovarlar yo‘nalishida o‘z samarasini ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, markirovka ishtirokchi mamlakatlar budjetlariga soliq tushumlarini oshiradi, shuningdek, biznes uchun raqobat muhitini yaratadi, deya xulosa qildi Putin.
Yana materiallar:
>> Qirg‘iziston YeOIIda milliy valyutalarda hisob-kitoblarni ko‘paytirishni taklif qildi
>> Ozarbayjon YeOIIga kuzatuvchi-davlat sifatida taklif etildi